Yangi yil bayramini uyda o‘tkazing! Buning uchun pul to‘laymiz

Yangi yil bayramini uyda o‘tkazing! Buning uchun pul to‘laymiz

Xitoyning ayrim shaharlarida aholining Yangi yil bayramini uyda o‘tkazishi uchun pul to‘lash boshlandi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».

Yangi yil — Xitoydagi eng katta ko‘lamli va eng muhim bayram. Bu yil bayram 12 fevraldan 27 fevralgacha davom etadi. Rasmiy ravishda xitoyliklar yetti kun — 12–18 fevral kunlari dam oladi.

Ta’kidlanishicha, yangi yil bayramida xitoyliklar ko‘pincha boshqa shahardagi qarindoshlarinikiga boradi. Bu katta migrasiya oqimini yaratadi. Mintaqadan mintaqaga odamlarning katta oqimda harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Xitoyning ba’zi shaharlari rahbarlari o‘z aholisiga uyda qolishi uchun pul taklif qilmoqda.

«Bu koronavirus tarqalishining oldini olish uchun, ayniqsa, mamlakat shimoli-sharqida yangi virus o‘choqlari paydo bo‘layotgan bir paytda juda zarur», — deya izohlaydi shahar hokimiyati ularning qarorini.

Ba’zi shaharlarda «bayramni uyda o‘tkazish uchun» ming Xitoy yuani(155 dollar) taklif qilindi. Ba’zilarida yirik diqqatga sazovor joylarga bepul kirish imkoniyati berildi. Chansha shahar okrugi tumanlaridan birida uyda o‘tirganlarga 30 gigabayt mobil Internet, 200 ta elektron kitob va bepul maskalar tarqatildi.

«Xitoyda qishloq aholisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo shaharlarda ishlaydigan taxminan 291 million nafar mehnat muhojiri bor. Ular asosan kam maoshli ishlarni bajaradi va ko‘plab ijtimoiy imtiyozlardan mahrum bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi uchun yangi yil bolalar va ota-onalarini ziyorat qilishga yagona imkoniyatdir », — deyiladi xabarda.

Xitoy hukumati talabiga ko‘ra, uyga qaytmoqchi bo‘lganlar COVID-19’ga topshirgan testi natijasi salbiyligini ko‘rsatishi va 14 kunlik karantindan o‘tishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!