Yangi virus paydo bo‘ldi: «Yalmog‘iz kampir»

Yangi virus paydo bo‘ldi: «Yalmog‘iz kampir»

Bu virus nafaqat kompyuterlarni buza oladi, balki, xakerlarga pul o‘g‘irlashda yaqindan ko‘mak berib, yo‘lida to‘siq vazifasini o‘tovchi dasturlarni yo‘q qila boradi.

«Defiant» xavfsizlik kompaniyasi mutaxassislari «Yalmog‘iz kampir»ni «WordPress» bazasidagi saytlarda uchratishdi. Yangi virus yana o‘zini boshqa viruslardan himoya qilishga ham usta ekan.

Dunyo tahlilchilari, ekspertlarning ishonch bilan aytishicha, «Yalmog‘iz kampir»ni rusiyzabon xakerlar yaratishgan. Virus kirib olgan sahifalar avtomat tarzda savdo maydonchasi deb nomlangan nuqtalarga yo‘naltiriladi. Agar sahifa egasi bu maydonchada nimadir xarid qilsa, virus egasi bo‘lgan xaker avtomat tarzda bu pullardan o‘z ulushini ajratib oladi.

Virus ikki qismdan iborat. Birinchi qismi saytga spam yuboradi, ikkinchisi sahifani nazorat qilish imkonini yaratadi.

topnews. ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!