Yangi hafta harorat ko‘tariladimi?

Yangi hafta harorat ko‘tariladimi?

O‘zbekistonda keyingi hafta, bir oz kechikish bilan bo‘lsa ham, bahor o‘z ta’sirini o‘tkazadi va havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Qayd etilishicha, 13 mart kunlari respublikaning ko‘plab viloyatlarida asosan bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

1 mart kuni kunduzi havo harorati 2-7 daraja iliq, respublika janubida esa g‘ayrioddiy bo‘lsa ham 3 daraja sovuq — 2 daraja iliqdan past bo‘ladi. Respublika hududi bo‘yicha dam olishi kunlari harorat asosan kechalari 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 1—2 mart kunlari 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 1 mart kuni kechga tomon bir oz yog‘ingarchilik bo‘ladi, 2—3 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechalari 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq, kunduz kuni 1 martda 4-6 daraja iliq, 2—3 martda 1-4 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Xabarda ta’kidlanishicha, mart oyining dastlabki kunlarida harorat foni bahorning boshlanishi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga past bo‘ladi. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan deyarli pastdir. Bunda mart oyida havo harorati 20-25 darajagacha iliq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!