Yandex Go xizmati haydovchilarini xavfli haydash haqida ogohlantiradi

Yandex Go xizmati haydovchilarini xavfli haydash haqida ogohlantiradi

Yandex Go O‘zbekistonda buyurtmalar paytida haydash uslubini kuzatish tizimini ishga tushirdi. U haydovchilarni xavfli manyovrlar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan ogohlantiradi. Bu xizmatning shaxsiy ixtirosi.

Haydovchi ilovasi akselerometr ko‘rsatkichlarini kuzatib boradi – bu ma’lumotlar ilova o‘rnatilgan smartfon yoki planshetdan yig‘iladi. Akselerometr - bu ob’ektning tezlanishini o‘lchashga yordam beradigan sensor. Tizim barcha tez manyovrlarni aniqlaydi: keskin start va tormozlash, yo‘lning keskin o‘zgarishi.

Agar xavfli manyovrlar muntazam ravishda qayd etilsa, bu xizmat ko‘rsatish standartlarini buzish hisoblanadi. Bunday haydovchi haydash uslubi bilan bog‘liq muammo haqida xabar oladi. Muntazam qoidabuzarliklarda, algoritm haydovchining xizmat ko‘rsatish buyurtmalariga kirishini vaqtincha cheklashi mumkin.

Tizim agressiv haydash uslubini kundalik vaziyatlardan ajrata oladi. Misol uchun, agar haydovchi qo‘lida o‘rnatilgan ilovasi bo‘lgan qurilmani olsa, bu harakat tizim tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish sifatida baholanadi.

2022 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan ICT haftaligida Yandex Go xavfsizlikka sarmoya kiritish xizmatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Ilgari kompaniya O‘zbekistonda o‘ziga xos xavfsizlikning yana bir texnologiyasini – avtomashinalarning xizmat buyurtmalarini bajarish tezligini nazorat qilishni yo‘lga qo‘ygan edi. Kelgusida haydovchilar va yo‘lovchilarni qo‘shimcha bepul sug‘urta qilish tizimi ham rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!