Yana bir vazirlik “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga mablag‘ o‘tkazib berdi

Yana bir vazirlik “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga mablag‘ o‘tkazib berdi

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi turdagi “COVID-19” koronavirusi tarqalishini cheklash bo‘yicha muhim choralar ko‘rilmoqda.

Mazkur pandemiyaga qarshi kurashishda tibbiyot sohasi va boshqa ko‘plab mas’ul idoralar vakillari faol ishtirok etmoqda.

Hozirgi mushkul vaziyatda xalqimizga xos mehr-muruvvat, saxovat kabi fazilatlar yanada ko‘proq namoyon bo‘lmoqda, xususan turli soha vakillari “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga mablag‘ ajratmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning xorijdagi barcha diplomatik vakolatxonalari hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari ushbu hayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida ixtiyoriy ravishda ish haqlarining bir qismini mazkur fondga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!