Yakshanba kunidan havoning sovishi kutilmoqda

Yakshanba kunidan havoning sovishi kutilmoqda

Juma kuni O‘zbekiston hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Havo harorati 5−10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga ham respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat shundayligicha saqlanib turadi — kechasi 0−5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5−10 daraja iliq bo‘ladi. Bu me’yorlarga yaqin haroratdir.

Yakshanba kuni havo oqimlarining almashadi: quruq havo oqimi o‘rnini Kaspiy dengizi hududidan kiradigan nam va sovuq havo oqimi egallaydi. U butun respublika hududiga ta’sir ko‘rsatadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘li hududlarda kuchli yog‘in yog‘ishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘istonda va  Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Harorat kechasi va kunduzi 0−5 darja iliqni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich shu kun me’yoridan sal pastdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!