Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishga 50 million dollar ajratiladi

Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishga 50 million dollar ajratiladi

 

“Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4606-son, 18.02.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Asaka” ATBga xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million AQSh dollari miqdorida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kredit liniyasi taqdim etiladi.

Jamg‘armaning kredit liniyasi 10 yilgacha muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr, “Asaka” ATB marjasini hisobga olmasdan yillik 5 foiz stavka bilan hududlarda yangi import tibbiyot uskunalari (kosmetologiyaga oidlari bundan mustasno) va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Asaka” ATB orqali respublikaning barcha hududlarida xususiy tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha 286 ta loyiha amalga oshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!