Xususiy sektor ham vaksinasiya jarayonlariga jalb qilinadimi?

Xususiy sektor ham vaksinasiya jarayonlariga  jalb qilinadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina xususiy sektor tomonidan pullik tarzda qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan SSV Matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Atabekovga murojaat qildi:

— Xususiy immunoprofilaktika muassasalar (vaksinasiya markazlari) tomonidan koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinayotganini unutmaslik kerak, — deydi N. Atabekov. — Ushbu vaksinalar bilan aholining xavf osti guruhiga kiruvchi qatlamlari emlanmoqda.

Xususiy immunaprofilaktik muassasalar ham o‘zlari koronavirusga qarshi vaksinani olib kelib, emlash jarayonlarini amalga oshirishlari mumkin. Ammo hozircha biror bir xususiy vaksinasiya markazida bunday amaliyotlar o‘tkazilmayapti.

Qayd etish lozimki, keyinchalik mamlakatimizga olib kelinayotgan vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotgan chog‘da xususiy sektor ehtiyoji ham e’tiborga olinsa (bugungi kunda vaksinalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ishlab chiqarish quvvati ehtiyojni to‘liq qondira olmayapti), uni yurtimizga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan tashkilot, shu jumladan, «Dori-darmon» AK tomonidan ham xususiy sektorga yo‘naltirilishi mumkin.

Ammo hozircha faqat davlat muassasalarida xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!