2030 yilgacha turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan asosiy maqsadlarga ko‘ra, turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bu esa sohaga investisiyalar jalb etish, xizmatlar sifatini yaxshilash va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Shuningdek, takomillashayotgan «O‘zbekiston–2030» strategiyasi loyihasida chet ellik turistlar oqimini keskin oshirish asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Hozirgi kunda 11 milliondan oshgan xorijiy turistlar sonini 2030 yilgacha 20 million nafarga yetkazish, ayniqsa to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan sayyohlar ulushini ko‘paytirish rejalashtirilgan. Turizm xizmatlari eksporti hajmini yillik 6 milliard AQSh dollaridan oshirish ham strategik maqsad sifatida belgilangan. Bu natijaga erishish uchun turistik xizmatlar turlarini kengaytirish, raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va xalqaro bozorlarda faol targ‘ibot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega. Infratuzilmani rivojlantirish ham turizm sohasida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning turistik shaharlari o‘rtasidagi transport bog‘lanishini yaxshilash, ichki aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va yo‘lga sarflanadigan vaqtni kamida uch baravarga qisqartirish turistlar uchun qulaylik yaratadi. Shu bilan birga, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar sonini ikki baravarga oshirish orqali yuqori sifatli xizmatlar taqdim etish imkoniyati kengayadi. Bundan tashqari, turistik xizmatlar va mahsulotlarni diversifikatsiya qilish orqali mamlakatning turistik salohiyatini to‘liq ishga solish rejalashtirilgan. Jahonda keng taniladigan O‘zbekiston turistik brendini yaratish, milliy turistik mahsulotlarni ommalashtirish uchun yangi zamonaviy instrumentlarni joriy etish orqali O‘zbekistonni xalqaro turizm bozorida nufuzli yo‘nalishga aylantirish maqsad qilingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“Манчестер Сити” раҳбарияти жамоанинг ўнг қанот ҳимоясига барибир янги ижрочи олиш керак, деган хулосага қайтди. Айни пайтда клуб скаутлар бир неча номзодни кузатув остига олган.
Мадриднинг «Реал» клуби собиқ бош мураббийи Хаби Алонсонинг рафиқаси Нагоре Аранбуру турмуш ўртоғининг бош мураббийлик лавозимини тарк этиши ҳақида фикр билдирди.
Эслатиб ўтамиз, аввалроқ Украина президенти Зеленский АҚШни Чеченистонга десант туширишга ва Рамзан Қодировни Николас Мадуро каби қўлга олишга чақирган эди.
Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.
Франция президенти ва қўшинлар бош қўмондони Эммануэль Макрон payshanba куни Стратегик авиация базаси Истрес, Буш-дю-Ронда мамлакатнинг “миллий мудофаа йўриқномалари” ҳақида нутқ сўзлади.
АҚШ Мудофаа вазирлиги бир йилдан ортиқ вақтдан бери махфий операция орқали сотиб олинган қурилмани ўрганмоқда. Айрим мутахассисларнинг фикрича, мазкур қурилма АҚШ разведка ходимлари, дипломатлари ва ҳарбийларида кузатилган “Гавана синдроми” деб аталувчи соғлиқдаги номаълум муаммоларга сабаб бўлиши мумкин.
Бухорода йирик қарздорлик бўйича суд қарорига бепарво қараб келган Бухоро тумани ҳокимлигига тегишли Cobalt русумли хизмат автомашинаси жарима майдончасига олиб қўйилди.
АҚШ президенти Дональд Трамп Truth Social ижтимоий тармоғидаги саҳифасида эронликларни норозилик акцияларини давом эттиришга чақириб, намойишчиларга нисбатан зўравонлик тўхтамагунча Эрон расмийлари билан барча учрашувларни бекор қилганини билдирди.