Jizzaxda internet orqali bolalar uchun soxta xayriya uyushtirib, fuqarolardan pul yig‘ib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu holat Jizzax shahri Zargarlik mahallasida yashovchi fuqaroning ichki ishlar organlariga murojaati orqali aniqlangan. Fuqaro noma’lum shaxslar uning farzandi tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, turli guruhlarda ehson puli yig‘ishni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qilgan va qonunbuzarlarga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Tezkor qidiruv va tergov harakatlari davomida ushbu xatti-harakatlarni Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi 26 yoshli shaxs sodir etgani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u 2025 yilning sentyabr oyida Telegram messenjerida bir nechta akkaunt ochib, turli guruhlarda avval kasallikka chalinib, hozirda tuzalib ketgan shaxslar nomidan tarqatilgan rasm va videolarni takror joylashtirgan. Ularga o‘zining bank plastik kartalari raqamlarini qo‘shib, fuqarolardan ehson pul yiqqan. To‘plangan pul mablag‘larini esa shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflagan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» va «g» bandlari (Takroran yoki xavfli residivist tomonidan axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Viloyat IIB fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan har qanday yordam so‘rovlariga nisbatan hushyor bo‘lishni, shaxsiy ma’lumotlar va moliyaviy vositalardan foydalanishda ehtiyotkorlikka rioya etishni so‘radi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола Англия Премьер-лигасининг 27-туридан ўрин олган «Ньюкасл»га қарши ўйинда Рубен Диаш ўрнига Абдуқодир Ҳусановни тушириш борасидаги қарорига изоҳ берди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.