"Taftish.uz"chilar kimlardan qancha pul undirgan?

"Taftish.uz"chilar kimlardan qancha pul undirgan?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bilan so‘z erkinligi kafolatlangan. Ochiqlikka, jamoatchilik nazoratiga otlangan har bir fuqaro birinchi navbatda – bu faoliyat katta mas’uliyat ekanligini, uni suiiste’mol qilish og‘ir oqibatlarga olib kelishini, shuningdek qat’iy javobgarlikni talab qilishini tushunishi zarur.

Shu bilan birga ochiqlikni niqob qilib olib, xalq ishonchini oson pul topish manbai, davlat idoralari hamda huquqni muhofaza qilish organlariga tahdid qilish quroli, jamoatchilik nazorati institutini omma kayfiyatiga ta’sir qilish instrumentiga aylantirib olganlar ham yo‘q emas.

Elita-media MCHJga qarashli “Taftish uz” vakillari yuqorida ta’kidlaganimizdek, jamoatchilik nazorati kabi adolat pardasini niqobi ortida jinoiy guruh tuzib, tovlamachilik va firibgarlik sodir etib kelganlar.

Bular, jinoiy guruh yetakchisi, “Taftish uz”ning norasmiy rahbari 1988 yilda tug‘ilgan G‘ayrat Aberayev, jinoiy guruh a’zolari, muxbirlik lavozimida ishlaganlar 1992 yilda tug‘ilgan Azizjon Yuldashev, 2000 yilda tug‘ilgan Sardor Hamidov, 2006 yilda tug‘ilgan Marjona Eshquvvatova hamda 1998 yilda tug‘ilgan Dilshod Nishonovlardir.

Jinoiy faoliyatini daromad manbaiga aylantirib olgan Aberayev boshchiligidagi jinoiy guruh, murojaatchilarni aldash bilan bir qatorda, fuqarolarni obro‘sizlantiruvchi yoki boshqa usulda sharmanda qiluvchi videolarini tarqatish bilan tahdid qilib, yoki shunday videolarni internet orqali e’lon qilinganidan keyin, o‘chirib berish evaziga fuqarolardan pul talab qilish bilan shug‘ullanib kelgan. Ya’ni, kelib tushgan murojaatlarni yoritganligi uchun bir tarafdan mablag‘ olgan bo‘lsa, tayyorlangan materiallarni o‘chirib yuborish uchun ikkinchi tarafdan pul talab qilishgan.

Joriy yilning noyabr oyida jinoiy guruh a’zolari A.Yuldashev va D.Nishonovlar, jinoiy guruh rahbari G‘.Aberayevning topshirig‘iga ko‘ra, “Chilonzor buyum savdo kompleksi” rahbariyati bilan mazkur hududdan do‘kon sotib olgan fuqaro o‘rtasidagi kelishmovchilik haqida bozor ma’muriyatini obro‘sizlantiruvchi videolavha tayyorlab, joriy yilning 5 dekabr kuni “Taftish uz” You Tube kanaliga joylashtirilgan.

Vaholanki, tadbirkor va bozor ma’muriyati o‘rtasidagi ziddiyat allaqachon sud organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilingan bo‘lgan. “Taftish uz” vakillari buni juda yaxshi bilishgan, lekin murojaatchining mablag‘i evaziga material bir tomonlama yoritilgan.

Shundan so‘ng G‘.Aberayev, jinoiy guruh a’zolaridan biri S.Hamidov orqali bozor ma’muriyati bilan bog‘lanib, videoni o‘chirib berishi uchun, 40 mln. so‘m pul mablag‘larini tamagirlik yo‘li bilan talab qiladi. Evaziga, videodagi holat, o‘z tasdig‘ini topmaganligi to‘g‘risida “Telegram” kanalda xabar joylashtirishga va’da beradi.

Tamagirlik holatini niqoblash uchun, bozor ma’muriyati, “Taftish uz” bilan 40 mln. so‘mga shartnoma tuzishga majburlanadi. Bu ish S.Hamidovga topshiriladi.

Shu tariqa, talab qilingan pullardan 10 mln. so‘mi S.Hamidovning bank kartasiga tashlab beriladi.

Ushbu jinoiy guruhning harakatlari “ko‘cha” bezori to‘dalarnikidan ortsa-ortadiki, lekin hech qolishmaydi. Bu kimsalar shunchalik haddidan oshganki, bir necha o‘nlab fuqarolarni ish o‘rni bilan ta’minlab kelayotgan tadbirkorni obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitib, chorasiz qoldirgan holda ko‘p miqdorda pul mablag‘larini undirishga urinishgan holda, sud organlari vakolatini ham o‘zlari amalga oshirishgan.

Aniqlanishicha, jinoiy guruh a’zolari M.Eshquvvatova, A.Yuldashev va D.Nishonovlar 2025 yilning noyabr oyida boshlarida Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi qurilish firmasi “Black plast” MCHJ faoliyati to‘g‘risida, ikkinchi tomonning mablag‘i evaziga, uydirma tafsilotlardan iborat videolavha tayyorlab “Taftish uz” You Tube kanaliga joylagan.

Undan tashqari, firma faoliyati to‘g‘risida yana ikkita videoholatni tarqatish bilan tahdid qilib, kompaniya mudiri H.To‘rayevni “Taftish uz” ofisiga chaqirtirib, boshqa videolarni chiqarmaslik evaziga, avvaldan ikki tadbirkor o‘rtasida 20 mlrd. so‘mlik shartnomani ustidan, go‘yoki qarzi qolganday ko‘rsatib, 1 oy muddatda qo‘shimcha 20 mlrd. so‘m berish majburiyati haqida tilxat yozdirib olganlar.

Undan tashqari, ishchanlik obro‘siga qayg‘urayotgan tadbirkorning katta miqdordagi pul berishga osonlikcha ko‘nganligidan xursand bo‘lgan guruh a’zolari, jinoiy to‘da foydasiga alohida 60 mln. so‘m talab qilib, jinoiy yo‘l bilan olinayotgan pullarni niqoblash maqsadida “Taftish uz” bilan 60 mln. so‘mlik shartnoma tuzishga majbur qilishgan.

Tadbirkor belgilangan muddatda pulni berolmaganidan keyin jinoiy guruh a’zosi M.Eshquvatovaning tahdidlari ortidan A.Yuldashev va D.Nishonovlar tadbirkorni obro‘sizlantiruvchi videolarni o‘z kanallarida tarqatishgan.

Chorasiz qolgan tadbirkor ushbu videolarni o‘chirtirish evaziga joriy yilning 8 yanvar kuni jinoiy guruh a’zolaridan birining bank kartasiga dastlabki, 30 mln so‘mni, 12 yanvar kuni esa yana 30 million so‘m pullarni o‘tkazib bergan.

Jurnalistik tekshiruv bahonasida, go‘yoki haqiqatni talab qilib, xalqqa yordam berayotganligini tinmay vaj qilib ko‘rsatib, qonuniylikni ta’minlash borasida bong urib kelayotgan, jinoiy unsurlar uchun, aslida, inson huquqi va qadar-qimmati sariq chaqaga ham arzimagan.

Jumladan, jinoiy guruh a’zosi D.Nishonov 2025 yil 9 oktyabr kuni Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi Yusupov va Tumorovlar oilasi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjaldan xabar topib, tergov organlari tomonidan jinoyat ishi yurituvidagi materialga aralashib, bir tomonning mablag‘i evaziga ikkinchi tomon bo‘lgan Tumorovlar oilasining sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlovchi, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar to‘plab, jami 18 ta videoroliklar tayyorlab o‘n kun davomida ketma-ket o‘zining kanalida tarqatgan.

Aynan ushbu harakati uchun, ya’ni fuqaroning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib, yolg‘on ma’lumotlar tarqatish orqali sharmanda qilganligi uchun Pop tuman sudi tomonidan 2025 yilning 10 noyabr kuni MjTKning 461-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Xudbinlik domiga sho‘ng‘igan ushbu shaxs, sud binosidan chiqib, to‘g‘ri Tumorovlar oilasi oldiga borib, – “Sizlarning oilangiz haqida yana 2 ta videomateriallarim bor, ularni ham tarqatishim kerak” deb, ushbu videolarni tarqatmaslik hamda oldindan tarqatilgan, bir oilani parokanda qiluvchi, sharmandali uydirmalardan iborat 18 ta videoni internetdan o‘chirishni va’da qilib, O.Tumorovdan 300 AQSh dollari pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan, lekin fuqaroni aldab, videolarni o‘chirmagan.

Shundan so‘ng, o‘z jinoiy harakatlarini davom ettirib, 300 dollarga qanoatlanmasdan, jinoiy sherigi A.Yuldashev bilan birga, qo‘shicha 1 mln. 800 ming so‘m pullarni berishni talab qilgan.

Jazosizlikdan quturib ketgan jinoiy to‘da a’zolari D.Nishonov va A.Yuldashevlar, oilasi sha’ni haqida qayg‘urayotgan shaxsni ilojsizlik sharoitiga solib qo‘yib, endilikda videolarni o‘chirish 16 mln. so‘m bo‘lishini vaj qilib, jinoiy qilmishlarini niqoblash maqsadida, jinoiy daromad iniga aylangan “Taftish uz” bilan 16 mln. so‘mga shartnoma tuzishga majburlashgan.

Hozirda, mazkur jinoiy guruh a’zolari Jinoyat kodeksining 139-moddasida nazarda tutilgan boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatib, tuhmat qilish, 168-moddasida nazarda tutilgan firibgarlik, 165-moddasida nazarda tutilgan tovlamachilik, 2446-moddasida nazarda tutilgan yolg‘on axborot tarqatish jinoyatlarni sodir etganligi aniqlanib, ularning barchasi prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Gvardiola Abduqodir Husanovga qoyil qoldi

"Манчестер Сити" бош мураббийи Пеп Гвардиола "Ливерпуль"га қарши ғалабали (2:1) ўйиндан сўнг Абдуқодир Ҳусанов ҳақида фикр билдирди.

Ronaldu Saudiyadan ketsa, arablar liga uchun yangi asosiy yulduzni olib keladi

Саудия Арабистони Про-Лигаси келаси ёзда 41 ёшли ҳужумчи Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этса, лигага янги “асосий юлдуз” олиб келади. Bu ҳақда The i Paper хабар бермоқда.

Sadir Japarov Qamchibek Tashiyevni nega ishdan olganini tushuntirdi

Авваламбор, мен бу қарорни давлатимиз манфаатларини кўзлаб қабул қилдим

Olim Yer aholisini «jahannam iqlimi»dan ogohlantirdi

Нашрда таъкидланишича, исиш «жаҳаннам иссиқхонаси» иқлимига олиб келиши мумкин.

«O‘zbekistonlik qotil». SofaScore Shomurodovni e’tirof etdi (foto)

Жаҳонга машҳур SofaScore портали ҳозирда "Башакшеҳир" сафида фаолиятини давом эттираётган ҳамюртимиз Элдор Шомуродовни эътироф этди.

Muhammad Salohning oilasida judolik yuz berdi

Миср ОАВларининг хабар беришича, 9 февраль куни эрталаб «Ливерпуль» ҳужумчиси Муҳаммад Салоҳнинг бобоси вафот этган.

Starlinkning o‘chirilishi frontdagi vaziyatni o‘zgartirdi

Бу ҳақда Украина Қуролли Кучлари Қўшма Кучлар Гуруҳи матбуот хизмати хабар берди.

Abduqodir Husanov to‘qnashuvdan so‘ng o‘zgartirilgan o‘yinda «Manchester Siti» «Liverpul» maydonida kambek qildi

Англия Премьер-лигасининг 2025/2026 йилги мавсуми 25-туридан ўрин олган «Ливерпуль» ва «Манчестер Сити» жамоалари ўртасидаги учрашув якунланди.

Messi "Barselona" darvozasiga gol urdi

"Интер Майами" жамоаси мавсумолди ўртоқлик учрашувида Эквадорнинг "Барселона" клуби билан дуранг ўйнади (2:2).

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Жиноят ишлари бўйича Наманган вилояти Поп туман судида Одилхон қори Юнусхон ўғлига оид жиноят иши бўйича суд жараёни бошланди.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Бу ҳақда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг расмий саҳифасида маълум қилинди.

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan majburan chiqarib yubordi (video)

Шу сабабли, ушбу давлатларнинг фуқаролари ўтказилган махсус рейд тадбирида қўлга олиниб, Россиядан депортация қилинди.

Hatto YTHdan keyin ham Adam Qodirov medal olib kelmoqda

Адам Қодиров йўл-транспорт ҳодисасидан кейинги ҳолатда ҳам медаль билан тақдирланди.

Qoraqalpog‘istondagi “Borsakelmas” qo‘riqxonasi fotoqopqoniga qoraquloq muhrlandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси тасарруфидаги “Борсакелмас” давлат буюртма қўриқхонасида ўрнатилган фотоқопқонларга қорақулоқ муҳрланди.

Ronaldu qarorini birdan o‘zgartirdi

«Ан-Наср» ҳужумчиси Криштиану Роналду жамоа билан бирга Саудия Про-Лигасининг 22-турида «Ал-Фотиҳ»га қарши ўйин учун сафарга йўл олди.

Husayn Norchayev Italiyaga yo‘l oldi

Қаршининг "Насаф" клуби ҳужумчиси Ҳусайн Норчаев Италияга жўнаб кетди.

Messi nega Ronaldu kuchli? Krishtianuning sobiq jamoadoshi tushuntirib berdi

«Манчестер Юнайтед» ва Англия терма жамоасининг собиқ ҳужумчиси Уэйн Руни нима учун «Интер Майами» футболчиси Лионель Мессини Саудиянинг «Ан-Наср» клуби ҳужумчиси Криштиану Роналдудан устун қўйишини тушунтириб берди.

Eldor Shomurodov ayni vaqtda Yevropaning eng kuchli hujumchilar reytingida TOP 10 likka kirdi

«Истанбул Башакшеҳир» клубининг ўзбекистонлик ҳужумчиси Элдор Шомуродов «Footmercato.net» сайти талқинига кўра Европа чемпионатларининг энг яхши тўпурарлари топ-10 рўйхатига кирди.

Vinisius “Barsa” ustidan kuldi

«Барселона» бутун дунёдаги ўз мухлисларининг ҳафсаласини пир қилди.

Yoshlar Ekologiya qo‘mitasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi

13 февраль куни Тошкент шаҳридаги 31-мактаб ва “Oxbridge” халқаро мактаби ўқувчилари, шунингдек, Фарғона вилояти ёш экологлар ҳаракати аъзолари, ёш эко-фаоллар Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитасига ташриф буюрди.

G‘azoga hujumlar paytida Isroil armiyasida o‘n minglab xorijliklar xizmat qilgan

Бу ҳақда Британиянинг Declassified UK нашри исроиллик ҳарбийларга таяниб хабар берди.

Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqmaydi — ekspert

АҚШ президенти Donald Trump Украинадаги можарони ҳал этиш бўйича музокаралардан воз кечмайди. Бу фикрни сиёсатшунос, Инновацион ривожланиш институти Геосиёсий тадқиқотлар маркази директори Дмитрий Родионов билдирди.

Pentagon Yaqin Sharqqa uchinchi aviatashuvchini yo‘naltirmoqda – bu yetarli bo‘ladimi?

The New York Times хабар беришига кўра, АҚШ Яқин Шарққа ўзининг энг кучли авиаташувчиси USS Gerald R. Fordни йўналтиришга қарор қилган.

NATO AQSh bayonotlaridan norozi — Germaniya TIV rahbari

Германия ташқи ишлар вазири Johann Wadephulнинг айтишича, Америка расмийларининг айрим баёнотлари NATO доирасида норозилик ва ғазаб уйғотмоқда.

Niderlandiyadan kelgan "shirinliklar" orasidan sintetik narkotik topildi

Жўнатмадаги конфетлар аслида оғу – 1 кг. 351 гр. “клефедрон” синтетик наркотик моддаси эканлиги аниқланди.

Toshkentda 3 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosi to‘xtatib qolindi

Туркия ва Ҳиндистон давлатларида ишлаб чиқарилган “Дюспаталин”, “Новомикс”, “Гальвус МЕТ” каби 87 турдаги дори воситалари ашёвий далил сифатида расмийлаштирилиб олинди

Turkiyada Namanganlik Sayyora Ergashaliyeva ham vahshiylarcha o‘ldirilganligi tasdiqlandi

Маълум қилинишича, С. Эргашалиева марҳума Д. Ҳакимованинг яқин дугонаси бўлган.

Bryusselda Yevrokomissiya ofislarida tintuv o‘tkazildi

Бу ҳаракатлар 2024 йилда кўчмас мулк объектларини Бельгия давлатига сотиш билан боғлиқ тергов доирасида амалга оширилган.

Andijonda dala hovli sotib olinib, narkolaboratoriyaga aylantirilganligi ma’lum bo‘ldi

Божхона қўмитасининг Тошкент ва Андижон вилоятлари божхона бошқармаларининг Контрабандага қарши курашиш бўлимлари, Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент ва Андижон вилоятлари бошқармалари ҳамда Ички ишлар идоралари вакилларидан иборат махсус тезкор гуруҳ синтетик гиёҳвандлик воситалари тайёрлаб келинган йирик нарколаборатория фаолиятини фош қилишди.

Toshkent aeroportida qiymati salkam 2,3 mlrd. so‘mlik zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi

Айни шу рейс билан юртимизга учиб келган яна бир фуқаро шимининг чўнтаги ва пайпоқларига қиймати 907 млн сўмлик 803 грамм заргарлик буюмларини яширганлиги аниқланди.

Kanadada maktabga hujum qilgan shaxs 18 yoshli transgender bo‘lib chiqdi

Руҳий саломатлигида муаммолар туфайли унинг уйига полиция бир неча бор чақирилган.

Tailanddagi maktabda qurollangan shaxs otishma uyushtirdi va 300 kishini garovga oldi

Гаровдагиларни озод этиш амалиёти давомида гумонланувчи отишма уюштирди ва бир неча киши жароҳатланди

Xorijlik fuqarolar O‘zbekistonda qurol ishlatdimi?

Маълум бўлишича, 20 январь куни фуқаро Я.Ю. ўзига тегишли, рухсатномаси мавжуд ов қуролини таниши Қ.Х.га қонунга хилоф равишда фойдаланиш учун берган.

Tehronda AQSh armiyasi qo‘mondonlari tasviri tushirilgan soxta tobutlar namoyish etildi

Эрон Ислом инқилобининг 47 йиллиги муносабати билан Теҳронда ўтказилган юриш чоғида АҚШ армияси қўмондонлари ва генераллари сурати туширилган сохта тобутлар намойиш этилди.

Netanyahu Oq uyda Eron raketalari masalasini ko‘tarmoqchi

Бу ҳақда бош вазир девони маълум қилди.

Fransiya Epshteyn hujjatlarida tilga olingan diplomat bo‘yicha tergov talab qildi

Франция ташқи ишлар вазири Жан-Ноэль Барро дипломат Фабрис Айданга нисбатан текширув ўтказишни талаб қилди.

Andijonda voyaga yetmagan qizga jinsiy aloqa taklif qilgan erkak qamaldi

Қиз эса унга рад жавобини бериб, эътироз билдиргани сабабли эркак уни сўкиб, ҳақорат қилган.

Toshkentda "kvartira"ni narkolaboratoriyaga aylantirgan talabalar qo‘lga olindi

Шундан сўнг, мутахассислар томонидан воқеа жойидан 1 кг мефедрон ва тегишли ускуналар ва асбоб-анжомлар аниқланган.

O‘g‘il — ota o‘rnida: Turkiyada Erdo‘g‘anning o‘rnini o‘g‘li egallaydimi?

Туркияда ҳукмрон Адолат ва тараққиёт партиясида ёпиқ эшиклар ортида амалдаги президент Ражаб Тоййип Эрдўғаннинг вориси сифатида унинг ўғли — Билал Эрдўған кўрилиши мумкин бўлган вариант муҳокама қилинмоқда. Бу ҳақда Bloomberg манбалари хабар бермоқда.