Xorijiy tillarni o‘rganish yoshlarga yangi imkoniyatlar taqdim etmoqda
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga sifatli ta’lim berish, xorijiy tillar hamda kasb-hunarga o‘rgatish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, amalga oshirilgan loyihalar doirasida 2023 yil davomida xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan 12,3 ming nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari uchun 21,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha «Kelajak kasblari» loyihasi doirasida ta’lim oluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga olti oygacha muddatli o‘quv kurslar uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda mablag‘ ajratib beriladi.
2023 yil davomida ushbu loyiha orqali 8072 nafar yoshlarga 18,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Respublika miqyosida xalqaro imtihon tizimlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari quyidagi tartibda qoplab berildi:
«IELTS» – 8 275 nafar;
«TOEFL» – 30 nafar;
«GMAT» – 13 nafar;
«SAT» – 960 nafar;
Rus tili – 2864 nafar;
Koreys tili – 77 nafar.
Bundan tashqari, qo‘shimcha 9 ta test (xorijiy til va imtihon turlari) sinovlarining xarajatlari qoplab berilgan.
