Xorazmda 20 kishini 700 million so‘mga aldaganlar ustidan sud hukmi o‘qildi
1996 yilda Yangiariq tumanida tug‘ilgan, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega, muqaddam sudlangan H.S. va 1994 yilda Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan, oliy ma’lumotli, muqaddam sudlanmagan O.I. bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalariga imtixon topshirib o‘ta olmagan fuqarolarni oshirilgan shartnoma asosida o‘qishga kiritishlarini aytib, firibgarlik yo‘li bilan pul undirib kelgan.
Sudlanuvchi H.S va O.I.larning sherikchilikdagi ilk ishi 2019 yil sentyabr oyida boshlangan. Ular fuqaro M.O‘. bilan UrDU binosi oldida uchrashib, uning ishonchiga kirib qizini o‘zi imtihon topshirgan yo‘nalish bo‘yicha UrDUga superkontrakt asosida o‘qishga kiritishini aytib, 2 ming AQSh dollari va 3 mln 175 ming so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan. Shu tariqa firibgarlar 20 nafar fuqaroni aldab, o‘qishga kiritishiga ishontirib, jami 700 million so‘mga yaqin pullarini qo‘lga kiritishgan.
Sud tomonlarning fikrini eshitib, ayblanuvchilarning oilaviy ahvoli va sudlanganlik holatini inobatga olib, H,S,ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari bilan JKning 57-moddasi qo‘llanib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini hamda O.I.ga JKning 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari bilan JKning 57-moddasi qo‘llanib, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Xorazm viloyati sudi fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar mahkumlardan undirilishi belgiladi.
