Xitoyda “Tom va Jerri”dan ilhomlangan 4 yashar bola 26-qavatdan sakradi

Xitoyda “Tom va Jerri”dan ilhomlangan 4 yashar bola 26-qavatdan sakradi

Xitoyning Xunan provinsiyasida to‘rt yoshli bola ochiq soyabon bilan 26-qavatdan sakradi, deb xabar bermoqda Mothership nashri.

Nashrning yozishicha, bolakay “Tom va Jerri” multfilmidagi sahnadan ilhomlangan. U o‘ylab ham o‘tirmasdan o‘sha sahnani takrorlashga qaror qilgan. Bola 26-qavatda joylashgan xonadonning balkoniga chiqib, pastga sakragan. Bu vaqtda u uyda yolg‘iz bo‘lgan. Ota-onasi ishda, unga qarayotgan buvisi esa singlisini olib kelish uchun uydan chiqqan edi.

Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar bolada sinish jarohatlari ko‘pligini, biroq uning hayoti xavf ostida emasligini aytishdi. Mo‘jizaga oddiygina izoh berildi: bolaning vazni juda kichik, u avval daraxtga urilib, yerga yumshoqroq yiqilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!