Xitoy o‘zi yaratgan "bombalar onasi"ni sinovdan o‘tkazdi

Xitoy o‘zi yaratgan "bombalar onasi"ni sinovdan o‘tkazdi

Xitoyning NORINCO davlat sanoat korporasiyasi ilk marotaba sinovdan o‘tkazilgan xitoycha variantdagi bombalar onasi ning suratlarini namoyish etdi, deb xabar qildi Global Times.

Ta’kidlanishicha, aviasiya bombasi quvvati va barbod qilish kuchi bo‘yicha yadro bombasidan keyingi o‘rinda turadi va shu bois ham unga bombalarning onasi laqabi berilgan.

Nashr xabariga ko‘ra, NORINCO korporasiyasi o‘zi ishlab chiqargan bombaning xususiyatlarini aniqlashtirish uchun uni sinovdan o‘tkazgan. Bomba H-6K bombardimon-samolyotidan tashlangan va ulkan portlashni yuzaga keltirgan. Sinov joyi keltirilmagan.

Bomba vazni bir necha tonna bo‘lib, uning og‘irligi tufayli bombardimon ham bir parvozda faqat bitta bombani ko‘tara oladi. Analitiklar fikriga ko‘ra, bombaning uzunligi olti metrgacha yetishi mumkin. Ammo ekspertlar, xitoycha variantdagi bombalar onasi o‘zining amerikalik turdoshidan hajm jihatdan kichik bo‘lishi kerak, degan taxminni bildirishdi. Bu atay, H-6K bombardimonchi-samolyoti uni ko‘tara olishi uchun qilingan.

Ayrim ekspertlar bomba portlovchi zaryadlardan iborat bo‘lishi mumkin, degan taxminni bildirishdi, ammo kompaniya bu ta’minlarni tasdiqlagani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Amerika HHK 2003 yilda sinovdan o‘tkazilgan eng qudratli GBU-43/B yadrosiz bomba videoyozuvini e’lon qilgan edi. U shuningdek, bombalar onasi nomi bilan mashhur. Videoyozuv AQSh HHK GBU-43/Bni Afg‘onistondagi Islom davlati terroristik uyushmasi pozisiyalariga tashlangandan keyin ommaga e’lon qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!