Xitoy fuqaro aviasiyasi boshqarmasi (CAAC) Uzbekistan Airways kompaniyasining Toshkent—Sian yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, parvozlarning to‘xtatilishiga 5 noyabr kuni amalga oshirilgan reysning 11 nafar yo‘lovchisida COVID-19 aniqlangani sabab bo‘lgan. HY501 reysining to‘xtatilishi 23 noyabrdan boshlab to‘rt hafta davom etadi.
Xitoyning fuqaro aviasiyasi boshqarmasi 4 iyun kuni COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun xalqaro yo‘lovchi tashishni rag‘batlantirish va to‘xtatib turish mexanizmini joriy qilgan.
Mazkur mexanizmga ko‘ra, agar mamlakatga havo yo‘li orqali yetib kelgan barcha yo‘lovchilarda ketma-ket uch hafta davomida koronavirusga toshirilgan testlar salbiy natija bersa, u holda aviakompaniya parvozlar sonini haftasiga ikkitaga ko‘paytirish uchun ruxsat oladi.
Ammo agar COVID-19 testining javobi ijobiy bo‘lgan yo‘lovchilar soni 5 nafarga yetsa, u holda ushbu reys bir haftaga to‘xtatiladi. Agar bunday yo‘lovchilar soni 10 nafarga yetadigan bo‘lsa, u holda ushbu yo‘nalishdagi parvozlar to‘rt hafta davomida to‘xtatiladi.
Xitoyning fuqaro aviasiyasi boshqarmasi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bekor qilingan parvoz kvotalarini boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazishga haqli emasligini ma’lum qilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.