2026 yil 11 mart kuni Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti, professor Aktoti Raimqulova TURKPA – Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasi bosh qarorgohiga tashrif buyurib, tashkilot Bosh kotibi Ramil Hasan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Jamg‘arma prezidenti Aktoti Raimqulova Jamg‘arma tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida ma’lumot berib, turkiy xalqlarning umumiy qadriyatlari muhim ma’naviy asos ekanini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Jamg‘armaning asosiy maqsadi nafaqat ushbu qadimiy merosni asrab-avaylash, balki uni zamonaviy davr talablari asosida xalqaro maydonda munosib tarzda targ‘ib qilishdan iborat. Shuningdek, u TURKPA bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish umumiy madaniy merosning huquqiy asoslarini mustahkamlashga hamda turkiy dunyo birligini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.
Delegasiya bilan uchrashuv chog‘ida TURKPA Bosh kotibi Ramil Hasan 2026 yil 15 mart kuni Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konstitusiyaviy referendumni kuzatish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari haqida ma’lumot berdi va amalga oshirilayotgan islohotlarning turkiy dunyo uchun ahamiyatini qayd etdi. Tashkilotning qonunchilik sohasidagi o‘rnini alohida ta’kidlagan holda, u Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi bilan doimiy komissiyalar doirasida hamkorlik qilishga, xususan, madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha namunaviy qonunlarni ishlab chiqish hamda kelajakdagi qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida turkiy davlatlar o‘rtasidagi madaniy va siyosiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek turkiy madaniy hamda siyosiy merosni mintaqaviy va xalqaro miqyosda targ‘ib etishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.