«Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Niderlandiya Qirollik futbol assosiasiyasi (KNVB) milliy terma jamoaning bo‘lajak bosh murabbiyini aniqlash uchun allaqachon bir necha uchrashuvlar o‘tkazdi.
El Nacional nashrining xabariga ko‘ra, to‘rt raundlik muzokaralardan so‘ng (ularning oxirgisi Barselonada bo‘lib o‘tgan), ispaniyalik mutaxassis federasiyaning asosiy favoritiga aylandi. Mutasaddilarning fikricha, Gvardiolaning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, u tez orada «Manchester Siti» bilan xayrlashishi mumkin.
Terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Ronald Kuman navbatdagi bor iste’foga chiqishga qaror qildi va KNVB rahbariyati allaqachon yangi murabbiy qidirishni boshlab yuborgan.
Ko‘rib chiqilayotgan nomzodlar orasida Erik ten Xag, Arne Slot va Peter Bos kabi ismlar bor edi. Shuningdek, agar Yulian Nagelsmann o‘z lavozimini tark etsa, ispaniyalik murabbiy Germaniya terma jamoasiga ham tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.