Bu haqda Eron parlamenti Milliy xavfsizlik komissiyasi raisi Ibrohim Aziziy o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"Isroil rejimini dronlar bilan qo‘llab-quvvatlayotgan va parokandalikka yuz tutgan Ukraina amalda urushga aralashdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 51-moddasiga muvofiq, u o‘zining butun hududini Eron uchun qonuniy nishonga aylantirdi", — deb yozdi Aziziy.
Ukraina Yaqin Sharq mamlakatlari bilan Eron dronlariga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni faollashtirgan. Joriy yilning 8 mart kuni Ukraina prezident Volodimir Zelenskiy ukrainalik ekspertlar AQSh bazalarini himoya qilish uchun tutuvchi dronlar bilan birga Iordaniyaga yuborilganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jami 11 ta davlatdan, jumladan, Yaqin Sharq mamlakatlari, AQSh va ba’zi Yevropa davlatlaridan bu masalada yordam so‘rab rasmiy so‘rovlar tushgan.
Shu bilan birga, Eronning o‘zi ham uzoq vaqtdan beri Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda yordam berib kelmoqda. Tehron, xususan, Moskvaga minglab Shahed zarba beruvchi dronlarini hamda ularni Rossiya hududida ishlab chiqarish texnologiyalarini topshirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.