AQSh amalda Rossiya neftisiz dunyo bozori barqaror bo‘la olmasligini tan oldi. Bu haqda Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan investisiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.
AQSh 12 martgacha yuklangan Rossiya nefti va neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha operasiyalardan sansiyalarni olib tashladi.
“AQSh haqiqatdan ravshan narsani tan olmoqda: Rossiya neftisiz dunyo energetika bozori barqaror bo‘la olmaydi”, - deya yozdi Dmitriyev Max’dagi ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh moliya vaziri Skott Bessent nafaqat Hindiston uchun Rossiya neftini xarid qilishga qo‘yilgan cheklovlar yumshatilgani, balki tranzitdagi Rossiyaning qariyb 100 mln barrel neftidan cheklovlar olib tashlanganini e’lon qilgan.
Dmitriyevning ta’kidlashicha, energetika inqirozi kuchayishi ortidan, Yevropa Ittifoqining byurokratik qismining qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, Rossiya energiya resurslariga kiritilgan cheklovlar yumshatilishi tobora muqarrar bo‘lib bormoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитасининг собиқ раиси Қамчибек Ташиев давлат тўнтаришига уриниш бўйича жиноий ишда фигурантга айланганини билдирди.