Buyuk Britaniyada yanvar oyida iqtisodiy o‘sish nolga teng bo‘ldi.
Buyuk Britaniya Milliy statistika boshqarmasi umumiy iqtisodiy vaziyatni «zaif» deb baholadi. Tahlilchilar esa yilning bunday natija bilan boshlanishini «umidsiz start» deb atashdi.
Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, Yaqin Sharqda mojaro boshlanishidan oldin ham mamlakat iqtisodiyoti zaif dinamika namoyish etgan. AQSh va Isroilning Eron bilan urushi esa jiddiy energiya shokiga sabab bo‘lib, dunyo iqtisodiyotiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bosh vazir Kir Starmer urush qancha uzoq davom etsa, Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga ta’sir qilish ehtimoli shunchalik ortishini ta’kidladi.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, energiya xarajatlarining oshishi inflyasiyani yuqoriga ko‘tarishi mumkin. Mojarodan oldin inflyasiya bahor oylarida Angliya banki tomonidan belgilangan 2 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga yaqinlashishi kutilayotgan edi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, agar urush uzoq davom etsa, bu uy xo‘jaliklarining xarajatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va hukumatning iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifasini xavf ostida qoldirishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.