Xitoy kompaniyasi Farg‘onada quvvati quyosh fotoelektrik stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada quvvati quyosh fotoelektrik stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada quvvati 500 MVtlik quyosh fotoelektrik stansiyasini qurishi mumkin. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanida joylashgan “Farg‘ona Yasin qurilish mollari” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi rahbarlari Guan Jong Vu hamda Erkin Mahmudovlarni qabul qildi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyatiga 200 mln dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar kiritgan Xitoyning Shaanxi Xiangsheng Industrial Group Co. Ltd kompaniyasi tomonidan o‘zi hammuassisligidagi “Farg‘ona Yasin qurilish mollari” korxonasiga chegaradosh hududda quvvati 500 MVtlik quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish loyihasi muhokama qilindi.

Shuningdek, “Farg‘ona Yasin qurilish mollari” korxonasi tomonidan viloyatimizda zamonaviy qurilish materiallari klasteri tashkil etish, shuningdek, qurilish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!