Xitoy bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari importi bo‘yicha yangi tartib joriy qilinadi
2026 yil 1 iyundan Xitoy Xalq Respublikasi bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari importi bo‘yicha yangi tartib joriy qilinadi.
Xitoy dunyodagi eng yirik oziq-ovqat importchisi bo‘lib, har yili 180 dan ortiq mamlakatdan qariyb 200 mlrd dollarlik mahsulot xarid qiladi. Import hajmining o‘sishi qayta ishlangan va funksional mahsulotlar ulushining ortishi, shuningdek biologik, sanitariya va epidemiologik xavfsizlik bilan bog‘liq xatarlarning kuchayishi bilan kechmoqda.
‼️2026 yil 1 iyundan kuchga kiradigan xorijiy ishlab chiqaruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi mahsulotlarni bozorga kiritishni boshqarishda an’anaviy qat’iy belgilangan ro‘yxatlar tizimidan dinamik, xatarlarga yo‘naltirilgan modelga o‘tishni anglatadi.
📝Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu islohotning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bir qatorda, halol va past xavfli eksportchilar uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishdan iborat.
🔹 Asosiy o‘zgarish — xatarlarga asoslangan tizim
Endi mahsulotlar qat’iy ro‘yxatlar asosida emas, balki quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
• mahsulot kelib chiqqan mamlakat nazorati va sanitariya holati
• ishlab chiqaruvchi korxonaning ishonchliligi va faoliyat tarixi
• mahsulotning xavfsizlik darajasi va qayta ishlanish xususiyatlari
🔹 Dinamik mahsulotlar katalogi
Import qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati doimiy emas — xavfsizlik darajasiga qarab muntazam yangilanadi.
🔹 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi soddalashtiriladi
• ro‘yxatdan o‘tishni 3–12 oy oldin uzaytirish mumkin
• qonunbuzarlik bo‘lmasa, muddat avtomatik ravishda yana 5 yilga uzaytiriladi
• avval ro‘yxatdan o‘tgan eksportchilar o‘z huquqlarini saqlab qoladi
📌 Yangi tizimning maqsadi — oziq-ovqat xavfsizligini kuchaytirish bilan birga halol va past xavfli eksportchilar uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish.
🇺🇿 Ushbu yangilik O‘zbekiston eksportchilari uchun ayniqsa qayta ishlangan va qadoqlangan mahsulotlar eksportni kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.
Eslatib o‘tamiz: 2026 yil 1 iyundan kuchga kiradi.
