Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Belorussiya MOQni jazolashi mumkin

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Belorussiya MOQni jazolashi mumkin

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Belarus sportchisi Kristina Timanovskaya bilan bog‘liq janjal munosabati bilan Belarus Milliy olimpiya qo‘mitasiga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llashi mumkin, dedi XOQ matbuot kotibi Mark Adams jurnalistlarga.

U matbuot anjumanida XOQ vaziyatga "tez munosabat bildirganini", Belarus va boshqa sportchilar bilan muzokaralar olib borganini aytdi. Natijalarga ko‘ra, XOQ "qanday intizomiy choralar ko‘rilishi mumkinligini" aniqlash niyatida. Avvalroq, mulozim XOQ belaruslik sportchi atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq tekshiruv o‘tkazishini, buning uchun maxsus komissiya tuzilganini aytgandi.

Xabar berganimizdek, Timanovskaya ilgari XOQga videomurojaat tarqatgandi: «Men Xalqaro Olimpiya qo‘mitasidan yordam so‘rayman, menga bosim o‘tkazilmoqda va ular (Belarus milliy olimpiya qo‘mitasi) meni chetlatishga harakat qilmoqdalar".

Timanovskaya Belarus terma jamoasi murabbiylar shtabining Olimpiadadagi talabini bajarishdan bosh tortdi. Shundan so‘ng, mamlakat delegasiyasi uni uyiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sportchini Yaponiya poytaxti aeroportiga olib ketishdi, lekin u yerda himoya uchun polisiyaga murojaat qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!