WSJ: Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollar yetkazib bermoqda

WSJ: Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollar yetkazib bermoqda

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Rossiya Tehronga kuzatuv qurilmalari va dasturiy ta’minot yetkazib berishni boshlagan. Agar avvalroq Kreml faqat "himoya" dasturiy ta’minotini taqdim etish bilan cheklanib qolgan bo‘lsa, Eron dron va o‘q-dorilarni yetkazib bera boshlaganidan so‘ng, qaror o‘zgartirilgan.

WSJ'ning ta’kidlashicha, Rossiya allaqachon tinglash, kuzatuv va yolg‘on detektori qurilmalarini topshirgan. Bundan tashqari, Moskva Eron bilan mobil telefonlar va boshqa dasturlarni buzish imkonini beruvchi ilg‘or dasturiy ta’minotni baham ko‘rgan.

Shuningdek, nashrning yozishicha, dasturiy ta’minot Rossiyaning "Protey" ilmiy-texnika markazi tomonidan yetkazib berilgan. Ushbu markaz allaqachon Eron rasmiylariga mobil aloqani to‘xtatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni topshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!