Viktoriya Bekxem o‘z qonidan kosmetika mahsuloti yaratdi

Viktoriya Bekxem o‘z qonidan kosmetika mahsuloti yaratdi

Britaniyalik qo‘shiqchi hamda dizayner Viktoriya Bekxem o‘zining qonidan yaratilgan kosmetika vositasini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda u o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

44 yoshli Bekxem yozishicha, yuz uchun qarishga qarshi, yumshatuvchi vosita Dr Barbara Sturm markasi bilan ishlab chiqarila boshlagan bo‘lib, ushbu birikmani estetik medisina bo‘yicha nemis doktori Barbaroy Shturm yaratgan.

Doktor Barbara Shturm mening qonimni oldi va mening shaxsiy hujayralarimdan shifobaxsh mahsulot yaratdi. Bu mahsulot yallig‘lanishga qarshi hamda yoshartirish hususiyatiga ega , - deydi xonanda. Shuningdek, u tunda ushbu niqobni yuziga surib yotganini va natijadan judayam minnatdor ekanini qo‘shib qo‘ydi: uning yuzi tozalanib, silliq holatga kelgan.

Daily Mail, ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mahsulot 1,5 ming dollar atrofida baholangan.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!