O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligida o‘zbek diasporal tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligida o‘zbek diasporal tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Bosh konsulligida Rossiyaning Primorsk o‘lkasidagi o‘zbek diasporal tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqotda o‘zbek diasporal tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, Rossiyaning Uzoq sharq federal okrugida vaqtincha mehnat qilayotgan va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari xususida fikr almashildi.

Yig‘ilganlarga O‘zbekistonda olib borilayotgan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiya tizimi orqali mehnat migrantlarini ish bilan ta’minlash, ularni huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vazifalar haqida so‘zlab berildi.

Diaspora tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda mehnat migrantlari va talaba yoshlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, O‘zbekistonning imijini yanada oshirish bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!