O‘zbekistonda yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda «Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqildi. Qonun loyihasi Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida joylashtirilgan, jamoatchilik muhokamasi 21 dekabrgacha davom etadi, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda investisiya kiritish uchun eng qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, investisiya faoliyati sohasidagi unifikasiya qilingan qonun hujjati loyihasini ishlab chiqish va kiritish vazifasini topshirgan.
 
Avvaliga u Investisiya kodeksi bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Xususan, portalimizda uning konsepsiyasi va hatto kodeksning o‘zini sharhlagan edik. Biroq keyinchalik hujjat formatini qayta ko‘rib chiqib, uni qonun ko‘rinishida chiqarishga qaror qildilar. «Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning konsepsiyasini oktyabr oyining ikkinchi yarmida taqdim etdilar.
 
E’lon qilingan qonun loyihasi bugungi kunda turli hujjatlar: «Chet el investisiyalari to‘g‘risida», «Investisiya faoliyati to‘g‘risida», «Investisiya va pay fondlari to‘g‘risida», «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida», «Konsessiyalar to‘g‘risida», «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqa hujjatlarda, shuningdek bir qator qonunosti hujjatlarda mavjud bo‘lgan normalarni tizimli ravishda o‘zida mujassamlashtirdi.
 
Tarkibiy jihatdan olganda hujjat 10 ta bob, 251 ta moddadan iborat. Umumiy qoidalar bilan bir qatorda unda investisiyalar va investisiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, investisiyalarni institusional boshqarish jihatlari (investisiya, pay investisiya va venchur fondlari), erkin iqtisodiy zonalarda, konsessiyalar hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida investisiyalash xususiyatlari qayd etilgan. O‘zbekistonda chet el investisiyalarining huquqiy rejimi va mamlakatimiz tashqarisida investisiya faoliyatining amalga oshirilishi tartibga solingan.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!