O‘zbekistonda xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish bekor qilinadi

O‘zbekistonda xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish bekor qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Prezident farmonining loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2020 yilning 1 iyul sanasidan O‘zbekiston hududida 30 kalendar kunidan ortiq bo‘lmagan vizali (vizasiz) tartib muddatida xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyidan O‘zbekistonda xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish bo‘yicha E-mehmon (emehmon.uz) masofaviy tizimi ishga tushirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!