Artel kompaniyasi – BMTning Global shartnomasi a’zosi

Artel kompaniyasi – BMTning Global shartnomasi a’zosi

Artel Electronics MChJ (Artel) BMT Bosh Assambleyasi va O‘zbekiston Barqaror rivojlanish koalisiyasiga qo‘shildi. Bu borada u uchinchi o‘zbek kompaniyasiga aylandi.

Artel Electronics MChJ (Artel) BMT Global Shartnomasining (BMT GSh)ga rasman qo‘shildi va bu borada Markaziy Osiyodagi birinchi maishiy texnika ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Shuningdek, Artel BMT Global shartnomasiga qo‘shilgan uchinchi o‘zbek kompaniyasi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, BMT GSh 2000 yilda tashkil etilgan va u korporativ ijtimoiy mas’uliyat va barqaror rivojlanish sohasidagi xalqaro ixtiyoriy biznes tashabbusidir.

Ta’kidlash kerakki, Artel endi 10 000 dan ortiq taniqli kompaniyalar, jumladan, Microsoft, Facebook va Nestle kompaniyalari bilan bir safda. Artel bu kompaniyalar bilan birga BMT Global shartnomasining inson huquqlari, mehnat munosabatlari, atrof-muhit va korrupsiyaga qarshi kurash sohalaridagi o‘nta asosiy tamoyillarga sodiqdir. Shuningdek, BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarini (BTM) ilgari suradi. Artel'ning bu muhim qadami shuni anglatadiki, O‘zbekiston xususiy sektori xalqaro standartlarga moslashish yo‘lida intilmoqda.

Artel kompaniyasi O‘zbekiston Barqaror rivojlanish koalisiyasining asosiy a’zolaridan biri sifatida hamkorlar bilan birgalikda mamlakatni yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy va ekologik mas’uliyatni oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniyaning muhim pozisiyasi – suv ta’minoti, gender tengligi va ta’lim sohasida samarali faoliyat olib borishda namoyon bo‘ladi.

Bektemir Murodov, “Artel Electronics” MChJ boshqaruvi raisining moliya bo‘yicha o‘rinbosari:
“Biz BMTning Global kelishuviga qo‘shilganimizdan va barqaror rivojlanishga intilayotgan kompaniyalar faol global hamjamiyatining bir qismiga aylanganimizdan mamnunmiz. Mamlakatdagi eng yirik kompaniyalardan biri sifatida barqaror rivojlanishga ko‘maklashish, xalqaro mehnat standartlari va inson huquqlariga rioya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’uliyatimizni his qilamiz. BMT GShga a’zo bo‘lganimiz ushbu tamoyillarga sodiqligimizni tasdiqlaydi.
Shuningdek, biz dunyoning yetakchi kompaniyalaridan ko‘p narsani o‘rganish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lganimizni bilamiz va O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lini muhokama qilishda faol qatnashishni intiqlik bilan kutamiz”.

Artel'ning BMTning Global shartnomasiga qo‘shilishi ESG (Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv)ni rivojlantirishdagi yana bir muhim qadamdir. Oxirgi bir necha yil ichida Artel kompaniyasi korporativ boshqaruv tizimini ilg‘or jahon tajribasiga mos ravishda qayta qurish, mahsulot samaradorligini oshirish va kompaniya faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga katta e’tibor berdi. Shuningdek, suv va ta’limdan foydalanishni ta’minlashga qaratilgan muhim ijtimoiy loyihalarni ham amalga oshirdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Artel kompaniyasi BMTning ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kunlik dasturini faol yoritib kelmoqda va tez orada Ayollarni rivojlantirish dasturini ishga tushiradi. Dasturning bir qismida yuridik klinika, huquqiy savodxonlikni oshirish va gender tenglik targ‘ib qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!