O‘zbekistonda so‘m/rubl to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertasiyasi joriy etiladi

O‘zbekistonda so‘m/rubl to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertasiyasi joriy etiladi

Markaziy bankning pul-kredit siyosati departamenti direktori Bekzod Hamroyev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyuda ishbilarmonlar va sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida valyuta va bank tizimini liberallashtirish jarayonlari haqida so‘zlab berdi.

"Birinchi chorakning oxirigacha so‘m/rubl to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertasiyasini joriy etish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda", - deb ta’kidladi Xamroyev.

Departament rahbari rublni so‘mga konvertasiyasi biznes hamjamiyati uchun foydali ekanligini, bu  O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga yordam berishini ta’kidladi. Dollar va yevroda hisob-kitoblardan qochish moliyaviy operasiyalarni soddalashtiradi va tezlashtiradi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!