O‘zbekistonda neft va gaz sohasi xodimlarining oyliklari oshadi

O‘zbekistonda neft va gaz sohasi xodimlarining oyliklari oshadi

"O‘zbekneftgaz" AJ korxonalari ishchilarining ish haqini oshirish to‘g‘risida qaror kompaniyaning kasaba uyushma qo‘mitasi rahbari Bahodir Muratov va aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan imzolandi. Bu haqda 30 yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

2020 yil 1 fevraldan neft va gaz sohalarida ishlaydigan muhandislik-texnik xodimlarning ish haqi 20 foizga oshiriladi. Qolgan ishchilarning maoshi 30 foizga ko‘payishi kutilmoqda.

2019 yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 2,3 million so‘mni (243 dollar) tashkil etdi, bu avvalgi yilga nisbatan 27,5 foizga ko‘p.

Ammo O‘zbekistondagi tibbiyot xodimlarining o‘rtacha ish haqi 161 dollardan  oshmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!