O‘zbekiston fuqarolarini ishga yollash bo‘yicha Rosiyaning pilot loyihasi ish boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
O‘zbekistonda 10 ming fuqaroni tashkiliy ravishda Rossiyaga ishga yollash rejalashtirilgan pilot loyihada Rossiya Federasiyasining 10 ta sub’ektidan 21 ta qurilish kompaniyasi vakillari ishtirok etmoqda.
Bugungi kunda patent olish uchun kerak bo‘ladigan, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, daktiloskopiya (barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazish) kabi qator tartib-qoidalarini respublika hududida amalga oshirish mumkin.
Buning uchun Toshkentga Rossiyaning Federal tibbiy-biologik agentligining (FMBA) 40 nafar mutaxassislari, Rossiya IIV pasport-viza xizmatining 6 nafar xodimi, shuningdek, zarur uskunalar va koronavirusga qarshi bir komponentli "Sputnik Layt" vaksinasi olib kelindi.
Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda “Ko‘p funksiyali migrasiya markazi” bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.