O‘zbekistonda internet xizmatlari tariflari 29 foizga arzonlashtirildi

O‘zbekistonda internet xizmatlari tariflari 29 foizga arzonlashtirildi

Internet xizmatlari tariflari 29 foizga arzonlashtirildi: 1 Mbit/s — 40 ming so‘m. Bu haqda AOKAdagi brifingda (https://t.me/aoka_uz/4111) AKT vaziri Shuhrat Sodiqov ma’lum qildi:

«Mavjud texnik quvvatlarimizni keskin oshirish hisobiga o‘tgan yil dekabr oyidan aloqa kanallari ijarasi tariflari 2 barobarga, o‘tgan yil davomida internet xizmatlari tariflari esa 29 foizga arzonlashtirilishiga erishildi.

Ijtimoiy soha ob’ektlariga, jumladan 8 095 ta xalq ta’limi, 5 440 ta maktabgacha ta’lim va 3 207 ta sog‘liqni saqlash muassasalarigacha jami 14 ming km optik tolali aloqa liniyalari tashkil etildi va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratildi.

2020 yilning to‘rtinchi choragida respublikamiz bo‘yicha 14 ta, ya’ni har bir hududda bittadan tayanch IT-maktablari tashkil etildi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi.

«Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 120 mingdan ziyod o‘quvchi jalb qilindi, ulardan 18 ming nafardan ortig‘i kurslarni muvaffaqiyatli tugatdi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!