O‘zbekiston xalqaro shartnomalardan biriga qo‘shildi

O‘zbekiston xalqaro shartnomalardan biriga qo‘shildi

"Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ-4806-son, 12.08.2020 y.). 

Qaror bilan O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migrasiya va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha Maslahat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga (Minsk, 2016 yil 28 oktyabr) qo‘shildi.

Shu munosabat bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xalqaro shartnoma amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migrasiya va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha Maslahat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim 1992 yil 13 noyabrda Moskva shahrida tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!