O‘zbekiston va Tojikiston Milliy gvardiyasi o‘rtasida hamkorlik rejasi imzolandi

O‘zbekiston va Tojikiston Milliy gvardiyasi o‘rtasida hamkorlik rejasi imzolandi

24 noyabr kuni Tojikiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-leytenant Bobojon Jamolzoda boshchiligidagi delegasiya ilk bor O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy gvardiya markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustan Jo‘rayev ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida rahbarlar 2022 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama amaliy hamkorlik rejasini imzoladi.

Shuningdek, kadrlar tayyorlash, ularning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatishning barcha sohalarida tajriba almashishga kelishib oldilar, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!