«O‘zbekiston temir yo‘llari» ishchilarni majburiy-ixtiyoriy ravishda to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarayotgani rostmi?

«O‘zbekiston temir yo‘llari» ishchilarni majburiy-ixtiyoriy ravishda to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarayotgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan ishchilarni majburiy-ixtiyoriy ravishda to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilayotganligi haqidagi ma’lumot tarqalib, ushbu xabarning ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida noto‘g‘ri talqin qilinishi turli e’tirozlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasiga muvofiq, xodimning yozma murojaatiga (ariza) binoan unga ish haqi to‘lanmaydigan ta’til berilishi mumkin, bu ta’tilning davomiyligi u bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvda belgilanadi. Ya’ni ish haqi to‘lanmaydigan ta’til berish uchun asos xodimning yozma murojaati hisoblanadi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ faoliyatida ish haqi to‘lanmaydigan ta’tillar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasida o‘rnatilgan tartibda ishlab kelinmoqda. Bugungi kunda Jamiyatda ishchi xodimlar ixtiyoriy-majburiy ravishda to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilish holatlari mavjud emas.

Hozirgi kunda, mazkur masala yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibiy korxonalari rahbar xodimlari bilan tegishli tushuntiruv ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda Jamiyatning iqtisodiy-moliyaviy faoliyatida taqchillik kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan maqsadsiz yo‘naltirilayotgan xarajatlarni maqbullashtirish choralari ko‘rib kelinmoqda.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil
10 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq temir yo‘l sohasida transformasiya, raqamlashtirish, yo‘lovchi va yuk tashishda xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, barqaror investisiya muhitini yaratish, harakat tartibini yangilash va moliyaviy holatni mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan bo‘lib, buning natijasida Jamiyatning iqtisodiy moliyaviy holati yaxshilanishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!