O‘zbekiston joriy yilda 11 milliard dollarga yaqin to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston joriy yilda 11 milliard dollarga yaqin to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda

Shu bilan birga, hududlarda 12 mingta yangi loyiha, jumladan, 3 mingdan ortiq yirik va o‘rta korxonalar ishga tushiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugun sarmoya, eksport va xalqaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda gapirdi.

Shu bilan birga, yil boshidan buyon mamlakatimizda 764 million dollarlik xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilib, 1,3 mingta loyiha ishga tushirildi. Eksport hajmi 3 milliard dollarni tashkil etdi.

Prezident yuqori texnologiyali mahsulotlar va qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni mahalliylashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish tizimini joriy etish, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida Sanoat siyosatini o‘rganish markazini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!