O‘zbekiston bilan hammualliflikda vaksina yaratgan mamlakat ommaviy immunitet qachon paydo bo‘lishini ma’lum qildi

O‘zbekiston bilan hammualliflikda vaksina yaratgan mamlakat ommaviy immunitet qachon paydo bo‘lishini ma’lum qildi

 

 

 

 

Xitoy hukumati shu yilning iyun oyi oxiriga qadar yarim milliarddan ortiq odamni koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirmoqda. Xitoylik epidemiolog Chjun Nanshan Sinxua universiteti va Amerika Brukings instituti tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishda ushbu rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, XXR sog‘liqni saqlash tizimidagi manbasi unga iyulgacha mamlakatda emlanganlarning 40 foizini qamrab olishni rejalashtirayotganini aytgan. Bu taxminan 548 million kishi degani.

Hozircha, Nanshan ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda aholining 3,5 foizi yoki 51 million kishi koronavirusga qarshi emlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy immunitet hosil qilish uchun Xitoy hukumatiga taxminan uch yil kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!