Uzbekistan Airports saytida onlayn tablo ishga tushdi

Uzbekistan Airports saytida onlayn tablo ishga tushdi

O‘zbekistonda mavjud 11 ta xalqaro aeroportida muntazam xalqaro va ichki reyslar parvozini onlayn kuzatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqida Uzbekistan Airports xabar berdi.

Aytilishicha, Uzbekistan Airports rasmiy saytida onlayn tablo ishga tushirildi.

onlayn tablo  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022

Har bir reys haqida onlayn tabloda real vaqt rejimida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

Sana, vaqt, parvoz raqami;

Aviakompaniya nomi, yo‘nalish, terminal,

Bortga chiqish eshigi, parvoz holati (jo‘nab ketgan taqdirda), shuningdek, lenta raqami va bagajni qabul qilish vaqti (kelishda).

“Uzbekistan Airports veb-saytida onlayn tablo yaratilishi aeroport faoliyatining asosiy jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida IT -infratuzilmasini yaratish bosqichlaridan biri hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, onlayn tablo ilgari joriy qilingan AODB (Aeroport Operational Database) aeroport operasion bazasini yuritish tizimi va aviakompaniyalar bilan slotlarni muvofiqlashtirish va jadvallarni yaratish uchun Slot (Slot Management System) quyi tizimining bir qismidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!