O‘tgan yilda milliy madaniy markazlariga davlat byudjetidan 20 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan
O‘tgan yilda milliy madaniy markazlariga davlat byudjetidan 20 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Millatlararo munosabatlar va do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshev ma’lum qildi.
✅ Bugungi kunda Qo‘mita mamlakatimizdagi 156 ta milliy madaniy markaz, 38 ta do‘stlik jamiyati va xorijdagi 98 ta vatandoshlar jamiyati bilan hamkorlik qilmoqda.
✅ Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish va xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 1 ta qonun, 2 ta Prezident qarori, 18 ta hukumat qarori va farmoyishi loyihalari tayyorlandi.
✅ “O‘zbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi Davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori loyihasi ishlab chiqildi.
