Urgutlik erkak jiyanining ustidan IIBga shikoyat qildi

Urgutlik erkak jiyanining ustidan IIBga shikoyat qildi

2019 yil 10 aprel kuni Samarqand viloyatining Urgut tumani Jayratepa mahallasida yashovchi M.A. IIBga murojaat qilib, 2018 yilning yanvar oyidan oktyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida uning shu mahallada yashovchi E.A. ismli jiyani, unga tegishli umumiy qiymati 86.666 AQSh dollariga teng bo‘lgan quruq mevalarini Qozog‘iston Respublikasida sotib berish uchun olib ketib, shu kunga qadar pullarni bermay yurganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, E.A.qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!