Ural Airlines Moskvadan Bokuga parvoz dasturini bekor qildi

Ural Airlines Moskvadan Bokuga parvoz dasturini bekor qildi

Ozarbayjon aviasiya ma’muriyati Rossiyaning «Ural Airlines» kompaniyasiga Moskvadan Bokuga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat bermadi. Shu munosabat bilan aviatashuvchi poytaxtning Jukovskiy aeroportidan 17 fevralgacha parvozlar dasturini bekor qilishga qaror qildi, deb xabar berdi Rosaviasiya. Bokuning bunday qarorga kelish sabablari haqida xabar berilmagan, deb yozadi «Izvestiya».

“8 fevraldagi birinchi reys amalga oshirilmadi, chunki Ozarbayjon aviasiya ma’muriyati «Ural Airlines» aviakompaniyasining manzili, shuningdek parvozni amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash uchun barcha texnik imkoniyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, bunga ruxsat bermagan”, - deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Aviakompaniya Yekaterinburgdan Bokuga parvozlarni davom ettirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!