O‘quvchilarni ISHIDga jalb qilgan o‘qituvchi 19 yilga “kesildi”

O‘quvchilarni ISHIDga jalb qilgan o‘qituvchi 19 yilga “kesildi”

 

Dushanbe shahar sudi o‘quvchilarni ISHID terrorchilik guruhiga jalb qilgan ingliz tili o‘qituvchisi Jahongir Qosimovni 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
 
AP Dushanbe sudyasi o‘rinbosari Asomiddin Boboxonzodaga tayanib xabar berishicha, mazkur ish bo‘yicha ekstremizmda ayblangan bir qancha maktab o‘quvchilari ham sud qilingan.
 
Jahongir Qosimov Tojikiston tillar institutini tamomlagan va ingliz tilidan dars bergan. Uning ISHID g‘oyalarini tashviq qilishi joriy yil iyul oyida ma’lum bo‘lgan.
 
O‘shanda Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi Shamsiddin Shohin tumanida to‘rt nafar yosh yigit qo‘lga olingan. Ulardan uch nafari dushanbelik, bir nafari Rudakiy tumanida yashashi ma’lum bo‘lgan. Yoshlar chegaradan o‘tib jangarilar guruhiga qo‘shilmoqchi bo‘lganligini aytgan. Aniqlanishicha, ularni Qosimov jangarilar guruhiga jalb qilgan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!