O‘ldirilgan jurnalistlar soni ortib bormoqda

O‘ldirilgan jurnalistlar soni ortib bormoqda

Isroilning G‘azo sektori blokadasiga uyushtirgan hujumlarida yana besh nafar falastinlik jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Oxirgi 12 soat ichida Deep Shot Medya prodyuserlik kompaniyasi direktori Sadi Mudevvih, kompaniya jurnalisti Edib Sukkar, Falastin media kompaniyasi xodimlari Rezak Abu Shekian va Emjad Jehjuh, shuningdek, radiostansiyada ishlagan uning rafiqasi. Vefa Abu Daban islom universiteti talabalari Isroil hujumlari qurboniga aylandilar.

❗️2023 yil 7-oktabrda mojaro boshlanganidan beri G‘azo sektorida Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan jurnalistlar soni 158 kishiga yetdi.

Tibbiy manbalarga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo markazidagi Nuseyrat qochqinlar lageridagi jurnalist Emjad Jehjuhning uyiga zarba berib, bir oiladan to‘qqiz kishi, jumladan jurnalistning rafiqasi halok bo‘lgan.

Avvalroq G‘azodagi hukumat matbuot xizmati Isroilni jurnalistlarni qasddan o‘ldirishda ayblab, bu «Falastin ovozini o‘chirish, haqiqatni yashirish hamda mintaqaviy va xalqaro OAVda ma’lumotlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik» uchun qilinayotganini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!