Ukrainaga yordam loyihasi AQSh Senatida birinchi ovoz berishdan o‘tdi

Ukrainaga yordam loyihasi AQSh Senatida birinchi ovoz berishdan o‘tdi

Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi AQSh Senatida ilk prosessual ovoz berishdan o‘tdi. Bu haqda «DW» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha 67 nafar ovoz olgan, yana 32 nafar qonunchi unga qarshi chiqqan. Endi senatorlar hujjatga tuzatishlarni muhokama qilishi kerak, shundan so‘ng u Senatda yakuniy ovozga qo‘yiladi.

Bir kun avval respublikachilar nafaqat boshqa shtatlarga harbiy yordam uchun mablag‘ ajratadigan, balki noqonuniy migrasiyadan himoyalanish uchun Amerika chegaralarini mustahkamlash uchun mablag‘ ajratadigan qonun loyihasini bloklagan edi. Oxir-oqibat prosessual qo‘llab-quvvatlangan yangi qonun loyihasi «qisqartirilgan» shaklda - chegara xavfsizligi bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvsiz ovozga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, yangi yordam paketi Ukrainani Rossiyaning harbiy aralashuvidan mudofaa qilish uchun 60 milliard dollar, Isroil xavfsizligini ta’minlash uchun 14.1 milliard dollar, gumanitar yordam uchun 9.2 milliard dollar va Hindiston-Tinch okeani mintaqasidagi AQSh hamkorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 4.8 milliard dollarni o‘z ichiga oladi.

«Senat qonun loyihasini qabul qilgan taqdirda ham, hujjat respublikachilar ko‘pchilik o‘rinlarga ega bo‘lgan Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanishi kerak. 2023 yilning kuzidan beri ushbu organ bir necha bor bunday kelishuvlarni qabul qilishdan bosh tortmoqda», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!