Ukrainada “Bayraktar” zavodi quriladi

Ukrainada “Bayraktar” zavodi quriladi

Turkiya hukumati bir hafta avval Ukrainada “Bayraktar” zavodi qurilishi bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni ma’qullagan va hujjatni ratifikasiya qilish uchun parlamentga yuborgan.

Bu haqda “Anadolu” agentligi Ukrainaning Anqaradagi elchisi Vasiliy Bodnarga tayanib xabar berdi.

“Ukrainada loyiha bo‘yicha ish boshlab yuborilgan, zavod uchun yer ajratilgan”, deyiladi xabarda.

Elchining gaplariga ko‘ra, dronni yaratishda, masalan, dvigetel, g‘ildiraklar va boshqa ayrim extiyot qismlarni yasashda mahalliy xom ashyodan foydalaniladi. Ukrainadagi vaziyatga qaramay, kompaniyalar zimmasidagi majburiyatni bajarishda davom etmoqda.

Avvalroq Turkiyaning “Baykar Makina” bosh direktori Xaluk Bayraktar dronlarni Rossiyaga sotmasligini aytgan edi. “Biz u davlatga hech narsa yetkazib bermadik va bunday keyin ham shunday bo‘ladi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!