Ukraina yozda qarshi hujumga o‘tadi — Jon Kirbi

Ukraina yozda qarshi hujumga o‘tadi — Jon Kirbi

AQSh Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukraina yozda qarshi hujumga o‘tish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Biz Ukraina yozda hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganda o‘zini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsaga ega bo‘lishini istaymiz. Biz yozda Ukrainaga harbiy texnika va mudofaa tizimlarini yetkazib berishni davom ettirish niyatidamiz, shu jumladan, yaqin kelajakda ham”, — dedi Oq uy vakili.

Bugun, 31 may kuni ertalab o‘tgan haftada Kiyevda bo‘lgan amerikalik senator Lindsi Grem yaqin kunlarda Ukrainaning qarshi hujumi boshlanishini aytgan edi. Senatorning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy unga Ukraina qurolli kuchlarining rejalari haqida ma’lumot bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!