O‘gay ona qotili 17 yilga qamaldi

A A A
O‘gay ona qotili 17 yilga qamaldi
Farg‘onada o‘gay onasini pichoqlab o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qilib, 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Oiladagi muhit hamda ba’zi nizolar o‘z vaqtida bartaraf qilinmasa, u ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bag‘dod tumanida ro‘y bergan qotillik jinoyati ham shunday bo‘ldi.
17 yoshga to‘lgan Nurullo Mamasidiqov singlisi bilan onasi vafot etib, yetim qolganlaridan so‘ng otasi Sahobiddin aka Ziyayev uch bora uylansa ham ro‘zg‘ori tinch bo‘lavermagach, 2009 yilda F.Ziyayevaga sha’riy nikoh bilan uylandi. Nurullo oilaga yordam berish, ro‘zg‘orga baraka kiritish maqsadida ishlash uchun Rossiya Federasiyasiga ketdi. U yerdan ora-orada kelib-ketib yurib, 7 yil ishlab qo‘ydi. Ishlab topib, uyiga yuborgan barcha pullari o‘gay onasining saqlovida bo‘ldi. Oilaning mustahkamligini yanada pishiqlab qo‘yish maqsadida bo‘lsa kerak, er-xotin S.Ziyayev va F.Ziyayevalar rasman nikohdan o‘tib olishdi.
Nurullo qishloqqa qaytib kelgan kezlari qassobchilik bilan shug‘ullanardi. Ichmaydigan, chekmaydigan bu yigitni hamma hurmat qilardi. 2017 yil avgust oyida Nurullo uylandi-yu, Rossiyaga borib ishlashni butkul bas qildi. Bundan buyog‘iga tinchgina qassobchilik kasbi bilan shug‘ullanishni boshlab yubordi. Ammo otasi Sahobiddin aka o‘g‘li Nurulloning Rossiyada ishlab topgan va o‘gay onasining saqlovida bo‘lgan pullari borligidan xabar topgach, oilada o‘zaro kelishmovchilik, janjallar boshlandi. 2018 yil fevral oyida F.Ziyayeva otasining uyiga arazlab ketib qoldi. Er-xotinning janjallariga mahalla-ko‘y aralashdi, ikkala tomonni yarashuvga chaqirishdi. Ammo g‘isht qolipdan ko‘chgandek edi.
Shunday kunlarni birida kutilmaganda F.Ziyayeva fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudiga da’vo ariza bilan murojaat qilib, eri bilan yashab kelgan umumiy mulk hisoblangan uyni asl holicha bo‘lib berishni talab qildi. Sudning hal qiluv qaroriga asosan uning da’vo talabi qanoatlantirilib, uy-joy ikkiga bo‘linib, xonadonning Nurullo Mamasidiqov oilasi bilan yashab kelayotgan qismi F.Ziyayevaga berilishi belgilandi.
Ushbu voqeadan so‘ng oiladagi kelishmovchiliklar yanada taranglashdi. Bu orada o‘gay ona kasal bo‘lib qolib, shifoxonaga tushib qoldi va operasiya bo‘lib, otasini uyiga qaytib keldi. Otasini uyidagi o‘zaro maslahatdan so‘ng F.Ziyayeva erining uyiga borib yashash istagini bildirdi. Tabiiyki, u uyiga qaytib kelgach, janjal yanada kuchayib, nihoyat o‘gay ona hovlidagi bitta xonaga kiritildi. S.Ziyayev endi xotini bilan yarashish harakatiga tushib qoldi.
O‘gay onasi bilan otasini yarashishiga o‘g‘il Nurullo ham tarafdor bo‘la boshladi. Chunki o‘gay ona tinimsiz Nurullo Rossiyada ishlab topgan pullari evaziga qurib bitkazilgan, xotini va bir nafar farzandi bilan yashayotgan uyni aynan berishlarini talab qilayotgandi-da. Bunday talab birinchi galda Nurulloga yoqmayotgan bo‘lsada, murosai-madora qilish istagida o‘gay onasidan otasiga qo‘shilib hovlidagi uylarning eski qurilgan tarafini olishini so‘rab, iltimos qilishlar boshlandi. Nihoyat bu ishga mahalla faollari ham aralashdi. Mahalla oqsoqoli boshchiligida bu xonadonga tashrif buyurganlar bir ovozdan o‘gay ona F.Ziyayevadan hovlidagi eski qurilgan uylarni olishini, bunga rozi bo‘lishi lozimligini so‘rashdi. Ammo o‘gay ona faqat Nurullo oilasi bilan yashayotgan yangi qurilgan qismini olishini bildirib, qaysarlik qilib turib oldi. Nurullo ham otasi bilan birgalikda uyning eski qurilgan qismini berishga rozi ekanliklarini bildirishdi. F.Ziyayeva oxiri bu masalada advokati bilan maslahatlashib olishi lozimligini bildirib, faollarni hovlidan chiqarib yubordi. Ertasi kuni yana hovliga kirib kelgan faollarga qarata u faqat uylarning yangi qurilgan qismini olishi mumkinligini, eski qismi kerak emasligini bildirib, oxirgi so‘zini aytdi-qo‘ydi.
Mash’um voqea ro‘y bergan kuni Nurullo uyda o‘gay onasi bilan qolgandi. Chet elda qiyinchilik bilan topgan pullari evaziga qurilgan uyini o‘gay onasiga o‘tib ketayotgani unga alam qilardi. O‘z so‘zida qat’iy turib olgan o‘gay onasining esa dahanaki gap talashish paytida aytgan gaplari uni yanada junbushga keltirdi. Nurullo qo‘liga o‘tkir pichoqni oldida o‘gay onasini tana qismlariga o‘ta shafqatsizlarcha urib, uning qotiliga aylandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida o‘gay onasini o‘ldirgan sudlanuvchi Nurullo Mamasidiqovning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi va u 17 yil ozodlikdan mahrum etish bilan jazolandi.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Eron AQShning 200 nafardan ortiq qo‘mondonlari va o‘rta darajadagi zobitlari joylashgan markazga hujum uyushtirdi

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати эълон қилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.