Uchtepa tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

Uchtepa tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 19-fevral kuni soat 14.34 da 101 raqamiga Uchtepa tumani, Nashriyot ko‘chasidagi turar-joyda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Natijada 99 b sonli uyning tom qismlarining 110 kv.m. maydoni va 99 v sonli uyning tom qismining 90 kv.m. maydoni yongan. Yong‘inning sababi va yetgan zarar qiymati aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!